Toshkent tibbiyot akademiyasida “Tibbiy reabilitatsiya - yangi yondashuvlar” mavzusidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi. Konferensiya ishida  dunyodagi yetakchi tibbiyot oliygohlari va klinikalarining ilg'or fikrli olimlari, TIBBIY REABILITATSIYA sohaning etakchi  mutaxasislari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Ma'lumki tibbiy reabilitatsiya masalasi bugungi kunda butun dunyo tibbiyoti zimmasiga  jiddiy vazifalarni qo'ymoqda.  Shulardan biri  turli sohalar mutaxassislari ishini  muvofiqlashtirilishi  masalasidir.  Reabilitatsiya jarayoni shu tariqa  ko'plab soha mutaxassislarining ko'nikma va bilimlarini sinovdan o'tkazadi.  Ushbu tadbirning maqsadi  pandemiya sharoitida olimlar va mutaxassislarini  yagona axborot makonida birlashtirib, o'zaro tajriba almashishlari uchun imkon berish.  Konferensiya ishida tibbiy reabilitatsiya sohasining yetakchi  olim va mutaxassislarining sohaga doir   ilg'or tajribalari,  innovatsion ilmiy ishlanmalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.