Toshkent tibbiyot akademiyasida “Tibbiy reabilitatsiya - yangi yondashuvlar” mavzusidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi. Konferensiya ishida dunyodagi yetakchi tibbiyot oliygohlari va klinikalarining ilg'or fikrli olimlari, TIBBIY REABILITATSIYA sohaning etakchi mutaxasislari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma'lumki tibbiy reabilitatsiya masalasi bugungi kunda butun dunyo tibbiyoti zimmasiga jiddiy vazifalarni qo'ymoqda. Shulardan biri turli sohalar mutaxassislari ishini muvofiqlashtirilishi masalasidir. Reabilitatsiya jarayoni shu tariqa ko'plab soha mutaxassislarining ko'nikma va bilimlarini sinovdan o'tkazadi. Ushbu tadbirning maqsadi pandemiya sharoitida olimlar va mutaxassislarini yagona axborot makonida birlashtirib, o'zaro tajriba almashishlari uchun imkon berish. Konferensiya ishida tibbiy reabilitatsiya sohasining yetakchi olim va mutaxassislarining sohaga doir ilg'or tajribalari, innovatsion ilmiy ishlanmalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.