Durdona kitoblarga koʻrk beruvchi mashhur ipak qogʻozining siri nimada?

    Bilasizmi, ilk qogʻozlar Xitoyda ishlab chiqarilgan, lekin uni tayyorlash usuli to VIII asrgacha sir tutilgan.

    Rivoyatlarda aytilishicha, VIII asr oʻrtalarida Xitoy qoʻshini Samarqand hududiga bostirib kirganida, Abu Muslim lashkarlari qattiq qarshilik koʻrsatib, ular ustidan gʻalaba qozongan, koʻplab xitoyliklar asir olingan. Ular orasida qogʻoz tayyorlash boʻyicha ustalar ham bor edi.

    Ular oʻz jonini saqlab qolish uchun Samarqandda qogʻoz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga yordam berishgan. Shu paytdan boshlab to XVIII asrgacha Samarqand Oʻrta Osiyodagi ipak qogʻoz ishlab chiqarish markaziga aylandi.

    Ajablanarlisi, ushbu afsonaviy qogʻozni yaratishning koʻp asrlik anʼnalari saqlanib qolgan – hozir u Samarqanddan 13 kilometr uzoqlikda, sayyohlar boradigan Konigil qishlogʻida, “Meros” qogʻoz fabrikasida ishlab chiqariladi.

    Unga hunarmand aka-uka Muxtorovlar asos solgan. Ular tufayli fabrikada qogʻozni qogʻoz yasovchi mashinalar paydo boʻlishidan ancha oldin qoʻllangan qadimiy usulda ishlab chikarish tiklandi va yoʻlga qoʻyildi. Bunday usulning asosiy xususiyati – qoʻl mehnati, unda faqat tabiiy xomashyodan foydalaniladi. Oddiy varaq 40 yil davomida saqlansa, Samarqand qogʻozining bu muddati oʻn baravar uzoqroq – 400-yilga teng.