Dushanbeda davlat hokimiyati ijroiya organi matbuot xizmatining xabar berishicha, tegishli qarorni poytaxt meri Rustam Emomali imzolagan.

Festival uchun shahar raisining zaxira fondidan 9 ming 73 somoniy ajratildi.

Festivalning asosiy maqsadi — milliy urf -odatlarni qayta tiklash, yosh avlodga ajdodlarning eng yaxshi anʼanalarini yetkazish, mamlakatning turli viloyatlarida tayyorlangan har xil non mahsulotlari namunalarini namoyish etish, aholining nonga tejamkor munosabatda boʻlishga undash.

Tanlovda 18 yoshdan oshgan erkaklar va ayollar ishtirok etishi mumkin. Gʻoliblarni aniqlash uchun nonning sifatiga va uni bezashiga alohida eʼtibor qaratiladi.