O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov boshchilik qildi.
Tadbir ishtirokchilari mintaqadagi mavjud tahdidlar xavf-xatarlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni, MOPDMM bilan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, yetakchi yoshlar bilan muloqot uchun yo‘lga qo‘yilayotgan imkoniyatlarni muhokama qildilar.
«BMTning Markaziy Osiyodagi global terrorizmga qarshi strategiyasi doirasida Qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirish yo‘lida» qo‘shma loyihasining uchinchi bosqichi yakunlari ko‘rib chiqildi. Loyihaning to‘rtinchi bosqichi asosiy yo‘nalishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
«Yashil» kun tartibini ilgari surish, ekologiya va bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.