SHHTning Oʻzbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tayyorlangan kitoblardan hind, qozoq, xitoy, qirgʻiz, Pokiston, rus, tojik va oʻzbek xalqlarining ertaklari, afsonalari va urf-odatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, shuningdek, SHHT mamlakatlari xalqlarining xalq maqollari oʻrin olgan.
Ushbu markaz Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda tashkilot doirasida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. Shu vaqt ichida Markaz “SHHT oilasi” xalqlarining yaqinlashuvi va mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshib, xalq diplomatiyasining samarali vositasiga aylandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.