Uchrashuvda “Duvenbeck Gmbh” kompaniyasi bilan muzokaralarni davom ettirish va hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha bir nechta muhim masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, mehmonlar uchun Oʻzbekistonda xorijiy rezident kompaniyalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida taqdimot oʻtkazildi.
Kompaniya rahbari yurtimizda IT mutaxassislari uchun yaratib berilgan sharoitlar va imtiyozlarni eʼtirof etdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda xorijiy tillarda bemalol gaplasha oladigan yosh kadrlar koʻpligi hamda ular bilan ishlash muhim ekanligini alohida taʼkidladi.
Shu bilan birga, BPO xizmatlarini Germaniya davlatiga autsors etishda hamkorlik qilish, Oʻzbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishda Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.