Soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazida “Oila kuni” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlarining oila aʼzolari, farzandlari taklif etildi. Tadbirdan turli viktorinalar, badiiy chiqishlar, shuningdek, kitoblar koʻrgazmalari oʻrin olgan.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, oiladagi qadriyat va anʼanalarni ulugʻlash, maʼnaviy-maʼrifiy ildizlarni mustahkamlash, farzandlarimiz tarbiyasi, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.