Xususan, tadbir davomida Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanining chegaraoldi hududida yashovchi, 1990-y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda, uning salon qismida 968 ming 900 AQSH dollari borligi maʼlum boʻldi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, ushbu tumandagi yogʻoch bozori hududida uni kutib turgan, 1964-y.t., muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlanib, uning “Damas” avtomashinasi salonida boʻlgan 672 ming 206 AQSH dollari ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtib, yashayotgan ushbu jinoiy guruh yetakchisi, qirgʻizistonlik 1974-y.t. shaxs Toshkent shahrida hamda guruh aʼzolari boʻlmish 5 nafar Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari Andijon shahrida qoʻlga olindi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 1 mln. 641 ming 106 AQSH dollarining mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qoʻyildi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.