Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻrtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10-yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSH dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.
Shuningdek, Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa Gʻallaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari koʻmagida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.