DXX katta miqdordagi giyohvandlik vositalarining  noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

    Tezkor tadbirlarda katta miqdordagi narkotik moddalarning “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasidan noqonuniy o‘tkazilgan holati aniqlandi.

    Davlat chegarasining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 14 kg 512 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

    “Namangan—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomashinada Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli qo‘l sumkasi ichida 50 gr. “geroin” moddasi, 672 dona “Regapen” va 300 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
    Tezkor tadbir davom ettirilib, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini 1800 AQSH dollariga sotib olgan, buxorolik shaxs ham Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida ushlandi.

    Mazkur shaxslar talabalar hisoblanib, ular poytaxtda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanishgan.