Unda mini-futbol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada 1-o'rinni Qashqadaryo viloyatining “Qamashi”, 2-o'rinni Toshkent viloyatining “Yangi hayot”, 3-o'rinni Farg'ona viloyatining “Baxrin” jamoasi egalladi.
Mini-futbol bo'yicha qiz bolalar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada 1-o'rinni Samarqand viloyatining “Nafis”, 2-o'rinni Xorazm viloyatining “To'maris”, 3-o'rinni Andijon viloyatining “Gurkirov lochinlari” jamoasi qo'lga kiritdi.
Futbol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasidagi final o'yini poytaxtimizdagi “JAR” stadionida Toshkent viloyatining “Navbahor” va Jizzax viloyatining “Turon” jamoalari o'rtasida o'tkazildi. Unda Jizzax viloyatining “Turon” jamoasi 0-2 hisobda g'alaba qozonib, 2023-yilgi DXX kubogi g'olibiga aylandi. Uchinchi o'rin Qashqadaryo viloyatining “Yangi hayot” jamoasiga nasib etdi.
Futbol va mini-futbol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida o'tkazilgan musobaqalarning respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o'rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o'yinlari uchun mo'ljallangan), 3-o'rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko'cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, barcha g'olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, velosiped va televizor topshirildi.