Davlat xavfsizlik xizmati xabariga koʻra, mazkur fuqaro goʻyoki yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari borligini roʻkach qilib, bir abituriyentni Qarshi davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5000 dollar, ikkinchi abituriyentni M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 2000 dollar, jami 7000 dollari olgan vaqtida DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.