Ular sariosiyolik, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan sudlangan shaxsdan 2800 AQSH dollariga olingani maʼlum boʻlib, u ham qoʻlga olindi.

Tadbirning ikkinchi bosqichida “Darband” YPX maskanida 3 nafar shaxs ketayotgan “Neksiya 2” salonida 9 kg. 410 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Tadbir davom ettirilib, Nurobod tumanida ushbu narkotik moddaning maʼlum bir qismini olayotganda Samarqand va Andijon shaharlarida yashovchi 3 nafar fuqaro ham ushlandi.

Shuningdek, Denovda yashovchi fuqaroning uyida 964 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida jami 11 nafar shaxs ushlanib, ulardan 11 kg. 44 gr. “gashish” moddasi musodara qilindi.