Bu haqda DXX matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni va avtotransport vositasini koʻzdan kechirish jarayonida, jami 240 mln soʻmlik 29 xil nomdagi 72 389 dona tibbiy buyumlar va “Magnikum”, “Relok”, “Dizenteron” va boshqa shu kabi 867 quti dori va biologik aktiv qoʻshimchalar sotish maqsadida saqlanayotganligi aniqlandi.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasasining tegishli xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalari sifatsiz va saqlash sharoitiga amal qilinmagan boʻlib, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlanadi.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.