Dala hovlida 1 kg. 12 gr. “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, kimyoviy suyuqliklar va boshqa zarur uskunalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, bu shaxslarning biriga tegishli “kafe”da 18 gr. “opiy”, 33 gr. “gashish”, 2 gr. “Mefedron” narkotik moddalari topildi.

Bu shaxslar “Telegram” orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotishgan.

Tadbir davomida 15 ta xufiya joyga sotish maqsadida 7 gr. “Mefedron” va 8 gr. “gashish” narkotik moddalari yashirilgani aniqlandi.

Qonunbuzarlar jinoiy harakatlariga fargʻonalik kimyogarni ham jalb etishgan. Kimyogar elementlardan foydalangan holda giyohvandlik vositasini tayyorlagan.

Narkotiklarni xufiya joylarga joylashtirish bilan esa Yuqorichirchiq tumanida yashovchi shaxs shugʻullangan.