Dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining oʻzbekistonlik ishtirokchilari maʼlum boʻldi

    Sport 13 Mart 2024 1369

    22-24-mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtadi.

    Dunyoning 79 mamlakatidan 472 nafar sportchi ishtirok etishi kutilayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi. Qayd etish joiz, ushbu turnirda ham oʻz vazn toifasida gʻalaba qozongan sportchi jahon va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari reytingi uchun 1 000 ochkoga ega boʻladi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, hamyurtlarimiz Gruziyaga quyidagi tarkibda yoʻl oladi:

    Erkaklar:

    -60 kg: Doston Roʻziyev

    -66 kg: Sardor Nurillayev

    -73 kg: Murodjon Yoʻldoshev

    -81 kg: Nurbek Murtozoyev

    -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev

    -90 kg: Davlat Bobonov

    -100 kg: Ernazar Sarsenbayev

    -100 kg: Rustam Shorahmatov

    +100 kg: Alisher Yusupov

    +100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev

    Ayollar:

    -48 kg: Halima Qurbonova

    -52 kg: Sita Qadamboyeva

    -52 kg: Gulhayo Joʻrayeva

    -57 kg: Shukurjon Aminova

    -70 kg: Shohista Nazarova

    -70 kg: Gulnoza Matniyazova

    -78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

    +78 kg: Rinata Ilmatova, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.