Qayd etilishicha, bugun musobaqaning soʻnggi kunida aralash jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Qurʼaga koʻra, yurtdoshlarimiz dastlabki bosqichda Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi. Dzyudochilarimiz gʻalaba qozonishsa, chorak finalda Yaponiya – Avstriya bahsi gʻolibi bilan kuch sinashadi.