Tbilisida boʻlib oʻtgan Katta dubulgʻa turniridan soʻng dzyudochilarning yangi reytingi eʼlon qilindi. Gruziyadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan kurashchilarimiz oʻz reytinglarini biroz yaxshilab olishdi. Faqat 90 kilogramm vaznda ishtirok etadigan Davlat Bobonov 2 oʻrin pastga tushdi. Ayni paytda dzyudochilarimiz quyidagi oʻrinlarni egallab turibdi:

Erkaklar.

-60 kg:

Kamron Nurillayev – 826 ochko, 46-oʻrin.

Dilshod Baratov – 610 ochko, 54-oʻrin.

-66 kg:

Sardor Nurullayev – 2174 ochko, 12-oʻrin.

Muhriddin Tilovov – 806 ochko, 38-oʻrin.

-73 kg:

Hikmatilloh Toʻrayev – 1992 ochko, 12-oʻrin.

Murodjon Yoʻldoshev – 1611 ochko, 23-oʻrin.

Obidxon Noʻmonov – 950 ochko, 40-oʻrin.

-81 kg:

Sharofiddin Boltaboyev – 3771 ochko, 4-oʻrin.

-90 kg:

Davlat Bobonov – 4114 ochko, 3-oʻrin.

Shermuhammad Jandreyev – 730 ochko, 44-oʻrin.

-100 kg:

Muzaffarbek Toʻraboyev – 1315 ochko, 12-oʻrin.

Muhammadkarim Xurramov – 1267 ochko, 18-oʻrin.

Otabek Toʻraboyev – 660 ochko, 46-oʻrin.

+100 kg:

Alisher Yusupov – 2081 ochko, 13-oʻrin.

Bekmurod Oltiboyev – 822 ochko, 33-oʻrin.

Shoxrux Baxtiyorov – 740 ochko, 37-oʻrin.

Ayollar:

-52 kg:

Diyora Keldiyorova – 2360 ochko, 12-oʻrin.

-70 kg:

Gulnoza Matniyazova – 1572 ochko, 21-oʻrin.