11-13-yanvar kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi yilning dastlabki nufuzli musobaqasi boʻlib oʻtadi. “Masters” turniri nufuzi jihatidan jahon chempionatidan soʻng turishi bois, ushbu musobaqaga boʻlgan qiziqish juda ham yuqori. Har bir vazn toifasida dunyoning eng kuchli 32 nafar dzyudochisi medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Bugun tong saharda terma jamoamiz delegatsiyasi Toshkent - Istanbul - Doha avia yoʻnalishi boʻyicha Qatar poytaxtiga joʻnab ketdi. Musobaqa oldidan Doha shahrida qatnashchi davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkaziladi.
Delegatsiyamiz tarkibi:
-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev, Diyorbek Oʻrazboyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Hikmatulloh Toʻrayev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev, Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
Qizlar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Bosh murabbiy - Ilias Iliadis
Murabbiylar - Bekzod Toʻraboyev, Oʻktam Rahmonov
Shifokorlar - Javlon Hasanov, Farhod Shoyunusov
Jamoa menejeri - Eldor Qahhorov
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati