Dzyudo: Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

    Bugun Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati start oldi.

    Qayd etilishicha, musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Zamoxshari Bekmurodov kumush medalga sazovor boʻldi.

    -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz final yoʻlida bir qator nomdor raqiblarini magʻlubiyatga uchratdi. Biroq oltin medal uchun bellashuvda yaponiyalik amaldagi jahon chempioni Ryoma Tanakaga qoʻshimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berdi.