Dzyudochi Diyora Keldiyorova – 5 karra “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibiga aylandi

    Sport 17 Fevral 2024 890

    Boku “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

    52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalga sazovor boʻldi.

    Qayd etish joiz, bu Keldiyorovaning “Katta dubulgʻa” musobaqalaridagi beshinchi oltin medali boʻldi. Shuningdek, u jahon va Parij-2024 Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni ham oʻz hisobiga qoʻshib qoʻymoqda. Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu gʻalaba kelasi hafta Keldiyorovani jahon reytingi peshqadamiga aylantiradi.