Qayd etilishicha, musobaqaning soʻnggi kunida aralash jamoaviy dastur boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Hamyurtlarimiz finalgacha boʻlgan yoʻlni mardonavor bosib oʻtib, dastlab Tojikiston, soʻng Koreya Respublikasi jamoalarini 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Afsuski, chempionlik bahsida dzyudo vatani boʻlmish Yaponiya termasiga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi va sportchilarimiz kumush medal bilan musobaqani yakunlashdi.