Afsuski, bugun ham dzyudochilarimiz Oʻzbekistonga medal taqdim etisholmadi.

Bugun tatamiga chiqqan sportchilarimiz orasida soʻnggi umidimiz boʻlgan Sharofiddin Boltaboyev oʻtish bahsida gruziyalik sportchi Tato Grigalashviliga vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berdi.

Nachora, bugun ham medalsiz qoldik. Ammo, unutmaslik kerak, bizga medallar keltirishi kutilgan musobaqalar hali oldinda. Shunday ekan, yangi Oʻzbekiston yoshlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz.