Kecha Yevropa Chempionlar ligasida 1/8 oʻyinlarining dastlabki ikkitasi boʻlib oʻtdi.
Portugaliyada oʻtgan birinchi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan “Yuventus” oʻz maydonida 3:2 hisobida gʻolib chiqdi. Lekin safardagi gollar evaziga “Portu” keyingi turga yoʻl oldi.
Shu tariqa “Yuventus” YECHLda qatorasiga ikkinchi yili 1/8 finaldayoq musobaqani tark etyapti.
Dortmudning “Borussiya” klubi oʻz maydonida “Sevilya” bilan jangovar durang (2:2) qayd etdi va Andalusiyadagi gʻalabasi hisobiga keyingi bosqichga chiqdi. Birinchi oʻyinda “Sevilya” oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi.