Futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bahslari davom etmoqda. Bugun tunda Leypsig va Manchester Siti, Inter va Portu kuch sinashadi.

Kechagi oʻyinlarda esa mehmonlarning qoʻli baland keldi. Angliyaning kuchli jamoalaridan biri «Liverpul» Ispaniya grandi «Real»ni qabul qilib, 2:5 hisobida yutqazib qoʻydi. Shunisi qiziqki, oʻyinning 14 daqiqasida mezbonlar 2:0 hisobida oldinda edi. Keyin esa oʻz darvozalaridan beshta toʻp oʻtkazib yuborishdi.

Turning ikkini uchrashuvi «Aynraxt» – «Napoli» bahsida ham mehmonlar gʻolib chiqdi. Italiyaliklar nemis klubi darvozasiga ikkita javobsiz toʻp kiritdi.