Koʻhna qitʼada YECHL 1-saralash bosqichi oʻyinlari kecha yakunlandi. Oʻzbekiston terma jamosi hujumchisi Igor Sergeyev toʻp suradigan Qozogʻistonning “Tobol” jamosi oʻz maydonida Vengriya chempioni “Ferensvarosh”ni qabul qildi. Bahsda hisob ochilmadi. Igor 64-daqiqada zahiradan maydonga tushdi.
Qolgan oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Pyunik” – CHFR 0:0, “Malme” – “Vikingur” 3:2, “Ludogores” – “Sutyeska” 2:0, “Balkani” – “Jalgiris” 1:1, TNS – “Lindfild” 1:0, “Lex” – “Qorabogʻ” 1:0, “Shemrok Rovers” – “Xivernians” 3:0, “Shkupi” – “Linkoln Red Imps” 3:0, “Xik” – RFSH 1:0, “Bude-Glikt” – “Klaksvik” 3:0, “Dyudelanj” – “Tirana” 1:0, “Zrinski” – “Sherif” 0:0, “Maribor” – “Shaxtyor” Soligorsk 0:0, “Slovan” Bratislava – “Dinamo” Botumi 0:0.