YCHL: ertaga navbatdagi bahslar

    Ularda kimlar hakamlik qiladi?

    Ertaga Yevropa Chempiolar ligasi ¼ finalining javob uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. UYEFA bu uchrashuvlar hakamlari nomini eʼlon qildi. Madridda oʻtadigan “Real” – “Chelsi” bahsini Daniele Orsato boshchiligidagi italiyalik hakamlar boshqaradi.

    Ikkinchi oʻyin Neapolda boʻlib oʻtadi. Italiyaning ikki jamoasi “Napoli” va “Milan” bahslashadigan oʻyinni boshqarish polshalik Shimon Marchinyak rahbarligidagi hakamlar zimmasiga yuklangan.