Joriy yilning 28-may kuni Parijdagi “Stad de Frans” stadionida Yevropa Chempionlar ligasi finali boʻlib oʻtadi. Unda Angliyaning “Liverpul” va Ispaniyaning “Real” jamoalari uchrashadi.
Kecha Qoʻhna qitʼaning ikki grand klubi oʻrtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar nomi maʼlum boʻldi. Bahsni fransiyalik Kleman Tyurpen boshqarib boradi Unga qanotlarda hamyurtlari Nikolas Danos va Siril Gringor yordam beradi. Zaxiradagi hakam Benua Bastyen. VARda Jerom Brisar ishlaydi.
39 yoshli Klimen Tyurpen joriy mavsum YCHLda 7 oʻyinni boshqargan.