Futbol boʻyicha Yevropa chempionlar ligasi 2021/22 finali shu yilning 28-may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilishi belgilangan. Lekin kecha Angliya ommaviy axborot vositalarida final Rossiyadan tashqarida oʻtishi haqida xabarlar tarqaldi. Ayrim nashrlar esa oʻyin Londondagi “Uembli” stadionida oʻtkazilishini eʼlon qilishga ham ulgurdi.
— YECHL finali masalasi boʻyicha UYEFA vaziyatni muntazam oʻrganib bormoqda, zarurut boʻlsa har qanday qaror qabul qilinishi mumkin, — dedi UYEFA matbuot xizmati vakili. — Hozircha biror narsa deya olmaymiz.