ECHL: guruh bosqichi yakunlandi

    To'rt kundan so'ng pley-offga qur'a tashlanadi

    Kecha Evropa CHempionlar Ligasi o'yinlarining guruh bosqichi yakuniga etdi va 1/8 finalga yo'l olgan barcha klublar nomi ma'lum bo'ldi. Pley-offga sakkizta mamlakat jamoalari yo'l oldi.

    Ularning to'rttasi Ispaniya (“Real”, “Real Sosiedad”, “Atletiko” va “Barselona”), uchtasi Germaniya (“Bavariya”, “Borussiya” Dortmund va “Leyptsig”), uchtasi Italiya (“Napoli”, “Inter” va “Latsio”), ikkitasi Angliya (“Arsenal” va “Manchester Siti”), shuningdek, bittadan Daniya (“Kopenhagen”), Niderlandiya (PSV), Frantsiya (PSJ) va Portugaliya (“Portu”) klublaridir.

    18 dekabr kuni pley-offga qur'a tashlanadi. Unda 2-o'rin egalari 1-o'rin sohiblariga duch keladi. Bir guruhdan chiqqan yoki bir mamlakatdan bo'lgan jamoalar o'zaro to'qnash kelmaydi.