Oʻyindan soʻnggi intervyusida “Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidan gʻalabadan xursand ekanligini, har bir futbolchisi bilan faxrlanishini aytib oʻtdi.

“Gʻalabadan zavqlanamiz. Oldinda “Barselona” bilan muhim oʻyin kutayotganini bilamiz, lekin avval tiklanishimiz kerak”, – dedi u.

“Yarim finalda oʻynashni xohlasangiz, bu huquqni qoʻlga kiritishingiz kerak. Bugun bunga loyiq oʻyin koʻrsatmadik, ayniqsa, birinchi boʻlimda. Goldan tashqari taʼkidlash mumkin boʻlgan ijobiy holat – bu faqat birinchi oʻyin ekanligi.

Shunchaki “Real”ga muammo tugʻdiradigan darajada yaxshi oʻynamadik. Ularning holatini ancha osonlashtirdik. Bundan koʻprogʻiga loyiq emasdik, lekin ikkinchi boʻlimdagi gol va oʻyinimiz yaxshi,” dedi oʻyindan soʻng “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp

Ikkinchi uchrashuvda “Manchester Siti” oʻz maydonida “Borussiya” Dortmund bilan bahs yuritdi. Oʻyinning 19 daqiqasida Kevin de Bryuyne hisobni ochgan boʻlsa, Marko Roys 84 daqiqada hisobni tenglashtirdi. Sitiliklar soʻnggi daqiqalarda Fil Fodenning goli evaziga gʻalaba erishdi.

Ushbu juftliklarning javob bahsi 14-aprel kuni boʻlib oʻtadi.