Bu haqda AQShning Addis-Abebadagi elchisi Ervin Massinga ma'lum qildi.
“3-iyul, chorshanba kuni poytaxt Addis-Abebadan taxminan 120 kilometr shimolda, Oromiya hududida uchta avtobus noma'lum qurolli shaxslar tomonidan to'xtatildi”, deya keyinroq qochib, o'rmonga yashiringan Debark universiteti talabalaridan birining so'zlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi. Talabaning so'zlariga ko'ra, ular oromo tilida gaplashgan. Odamlarni o'g'irlagan shaxslar ularning oilalardan asirlarni ozod qilish uchun 1 million bir (17,5 ming dollar)gacha pul talab qilmoqda.
Universitet rektori Asmamo Zegeye mazkur ma'lumotni tasdiqladi, deb xabar beradi tass.ru.