Ehson puli yeb yuborilgani aniqlandi

    Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi “Islom bobo” jome' masjidi imom-xatibi Q.I. hashar yo‘li bilan masjidni yangidan qurilishi haqida e'lon tarqatgan.

    Biroq imom-xatib xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarolardan yig‘ilgan 40,0 million so‘mdan ortiq mablag‘ni masjid qurilishiga ishlatmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

    Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tuman IIB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.