Ramazon — mehr-muhabbat, xayru saxovat oyi. Bu vaqtda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish, qarovsiz qolgan, boquvchisini yoʻqotgan, bemor va keksalar holidan xabar olish xalqimizga xos ezgu amallardan biridir.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Qizil yarim oy jamiyatining “Ramazon-2021” dasturi doirasida respublikamizning turli hududlarida yashovchi yurtdoshlarimiz uchun oziq-ovqat mahsulotlari yuborilmoqda.
Ayni vaqtga qadar 11 xil turdagi har bir hududga 660 qutidan iborat ijtimoiy yordamlar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
Surxondaryo;
Qashqadaryo;
Buxoro;
Navoiy;
Samarqand;
Toshkent viloyatlarining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilishi boshlandi.