Bu haqda Koʻksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boʻlib oʻtayotgan bayram tadbirida Prezident tomonidan aytib oʻtildi.
Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qoʻshma taʼlim asosida magistratura bosqichida taʼlim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan toʻlab beriladi.
Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yoʻnalish boʻyicha startap tanlovlari oʻtkaziladi. Bunda har bir yoʻnalish gʻolibiga Innovatsiya jamgʻarmasidan 500 million soʻmgacha grant beriladi.
Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga oʻqitish toʻliq davlat granti asosida boʻladi.
Prezidentimiz tadbirda Kegeyli tumanidan Indira Satniyazova, buxorolik Vazira Fayzullayeva, navoiylik Mashhura Qudratovaning xalqaro fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari, bir qator xalqaro startap tanlovlari gʻolibi buvaydalik Dilafruz Joʻraboyevaning nufuzli “Microsoft” kompaniyasining Oʻzbekistondagi elchisi sifatida tan olinganini alohida eʼtirof etdi.