Ehtiyot boʻling! Sifatsiz elektr suv qaynatgichda tok urish xavfi mavjud

    Xavfsizlik 8 Aprel 2021 1337

    Xitoyning “CHAOQUN FACTORY” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan HEATER brendi ostidagi elektr suv qaynatgich (kipyatilnik) mahsuloti standart talablariga muvofiq emasligi aniqlandi.

    Respublika hududida sifatsiz elektrotexnika mahsulotlari realizatsiya qilinishining oldini olish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualaridan sotilayotgan elektr suv qaynatgich (kipyatilnik) mahsulotini tanlab olindi va akkreditlangan elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga topshirildi.

    Oʻtkazilgan sinovlar natijasiga koʻra Xitoyning “CHAOQUN FACTORY” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan HEATER brendi ostidagi elektr suv qaynatgich (kipyatilnik) mahsuloti standart talablariga muvofiq emasligi aniqlandi. Ushbu elektr suv qaynatgich mahsulotida tok urish xavfi mavjud.