Yevropa Ittifoqi dunyodagi birinchi keng qamrovli huquqiy paketni kelishib oldi. 36 soat davom etgan muzokaradan soʻng YI parlamenti va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qator masalalar, jumladan yuzni tanib olish va sud tizimi tomonidan ushbu texnologiyadan foydalanish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Ijtimoiy tarmoqda “Yevropa Ittifoqi sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha aniq qoida oʻrnatgan birinchi qitʼa”, deb yozdi ushbu kelishuvni “tarixiy” deb atagan ichki bozor komissari Terri Breton.
Muhokama qilingan taklif ushbu turdagi keng miqyosli xizmat uchun xavfsizlik talabi bilan bogʻliq qoidani, shuningdek kuchliroq modellarni yanada qattiqroq tartibga solishni muvofiqlashtiradi.
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ham sunʼiy intellekt sohasidagi “noyob huquqiy kelishuvni” olqishladi.
YI huquqiy paketi 2025-yilgacha toʻliq amalga oshirilmaydi va boshqa jihatlar qatori, qoidani buzgan kompaniyalar 35 million yevro yoki global aylanmaning 7 foizigacha jarimaga tortilishi mumkinligini anglatadi. Deputatlar yangi yilda Yevroparlamentga saylov kampaniyasi boshlanishidan oldin kelishuvga erishdi.