Tomonlar diqqat markazida Oʻzbekiston hududlarini uzluksiz suv bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirishning bugungi holati boʻldi.
Loyihadan oldingi tadqiqotlarni oʻtkazish va qurilish ishlarini boshlashning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi. Yuzaga kelgan masalalar boʻyicha konstruktiv, oʻzaro maqbul yondashuvlar ishlab chiqildi, kelgusida hamkorlik qilish formati va loyihani amalga oshirishga oid qoʻshma chora-tadbirlar belgilandi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Eiffage — bosh qarorgohi Velizi-Villakuleyda (Fransiya) joylashgan fransuz qurilish kompaniyasi. 1992-yilda Fougerolle va SAE birlashishi natijasida tashkil etilgan. DXSH va konsessiyalarga asoslanib yoʻllar, elektr stansiyalari, qurilish va shaharsozlik loyihalarga ixtisoslashgan Fransiyadagi yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Dunyoning 50 ta davlatida faoliyat yuritadi. Aktivlari — 37,8 milliard yevro. Kompaniyaning 76 300 ishchisi bor.