Yekaterinburgda yongʻin chiqqan uyda sakkiz kishi vafot etgan

    Voqea-hodisalar 12 Yanvar 2021 997

    FVV hududiy boshqarmasi xabariga koʻra, binodan 90 nafar odam, shu jumladan toʻqqiz nafar bola qutqarib olib chiqilgan.

    Sakkiz kishi, jumladan bir bola Yekaterinburgdagi uyda yongʻin chiqishi oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi tergov qoʻmitasining hudud boʻyicha boshqarmasi matbuot xizmati.

    “12-yanvarga oʻtar kechasi huquqni muhofaza qilish organlariga Yekaterinburg shahri Rassvetnaya koʻchasidagi toʻqqiz qavatli uyda yongʻin chiqqani haqida xabar kelib tushdi. Mavjud dastlabki maʼlumotlarga qaraganda yongʻin oqibatida sakkiz qishi, jumladan bir yosh bola vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

    Politsiyaning oblast Bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelыx shuni qoʻshimcha qildiki, voqea joyidan 17 yoshli oʻspirin 1 va 2-darajali kuyish natijalari bilan shifoxonaga olib ketilgan. Shuningdek, oʻspirinda gazdan zaharlanish ham kuzatilgan. Uni 9-sonli bolalar shifoxonasiga olib ketgan, deb xabar beradi TASS.