Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxlari bilan aviakompaniyaning https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/ekaterinburg-toshkent-charter-qatnovi veb-saytida tanishish imkoni mavjud.

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar parvozlarga qoʻyilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki yoʻlovchilar mintaqasidagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin, deb xabar beradi “Uzbekistan airways” AJ matbuot xizmati.