Mazkur holat 07.05.2021-yilda Boʻston tumanlararo iqtisodiy sudida koʻrib chiqilib, xoʻjalik tomonidan boshlangan noqonuniy qurilmalarni buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Sudning mazkur qaroriga asosan Majburiy ijro byurosining Boʻston tuman boʻlimi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, Byuro xodimlari tomonidan “Eksport” fermer xoʻjaligining gʻayriqonuniy ravishda qurilishi boshlangan inshootlari buzdirilishi natijasida yer maydoni avvalgi holatga keltirildi, deya xabar beradi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi.