Tadbirda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vakillari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo'yi xalqaro Innovatsiya markazi va sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari o'z innovatsion g'oya va ishlanmalari, innovatsion mahsulotlar bilan ishtirok etmoqda.

— Innovatsion rivojlanish vazirligi hisobidan  2021-2022 yillarda Atrof muhitni muhofazasi, o'rmon xo'jaligi yo'nalishida umumiy qiymati 53,95 mlrd so'm bo'lgan 41 ta (8 ta innovatsion, 32 ta amaliy, 1 ta fundamental) loyihalar moliyalashtirilgan. Bundan tashqari, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda bir nechta xalqaro ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan,  Germaniya davlatining Zaksen-Lyaynen notijorat tashkiloti o'rtasida tuzilgan memorandum asosida Germaniya davlatining CASIB tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan CLIENT II dasturi doirasida “Qoraqalpog'iston Respublikasi (Mo'ynoq tumani)dagi sho'rlangan erlarda qishloq xo'jalik ekinlarining moslashtirilgan xom ashyosi (Apocinum/Kutra o'simligi) yordamida rekultivatsiya qilish va paxtaga muqobil ravishda to'qimachilik qiymatini yaratish” mavzusidagi 3 yillik amaliy loyiha bajarilishi ko'zda tutilgan, — deydi Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shaxloxon Turdiqulova.

Tadbir doirasida ilmiy-tadqiqot intstitutlari, oliy ta'lim muassasalarining olimlari, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan turli ishlanmalari ko'rgazmasi ham bo'lib o'tdi.

Ko'rgazmada genetika olimlari tomonidan yaratilgan O'zbekiston agro-ekologik sharoitiga chidamli o'simliklarning (pahta, bug'doy, sholi) yangi navlari namunalari, turli ekotizimlar kesimida suv va shamol eroziyasini oldini olishga qaratilgan va intensiv o'sish xususiyatiga ega daraxt-butalar, “yashil makon” umumilliy loyiha doirasida respublika bo'ylab ekilayotgan tez usuvchi pavloniya darxati ko'chatlari, shamol oqimini susaytiruvchi yarusli ixota halqalarini xosil qiluvchi texnologiyalari va  suvni, o'g'itni tejovchi uskunalari namoyish etildi.

— Turli ekotizimlar kesimida suv va shamol eroziyasini oldini olishga qaratilgan va intensiv o'sish xususiyatiga ega daraxt-butalar yordamida shamol oqimini susaytiruvchi yarusli ixota halqalarini xosil qiluvchi texnologiyalar yaratish borasida tadqiqotlar olib bormoqdamiz. Yarusli ixota halqalarining ahamiyati katta. "Sardoba" suv ombori atrofida ana shunday o'rmon barpo etyapmiz. Hozirda ko'chatlar unib chiqqan. Ular sho'rga chidamli o'simliklar bo'lib, tuproq eroziyasiga qarshi kurashadi. Shuningdek, turli taloqatlarning yoyilib ketish xavfini ham kamaytiradi, — deydi  O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti proffessori Sovetbek Kojaxmetov

Tadbirning ikkinchi kunida Orolbo'yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish bo'yicha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashatirilayotgan va amalga oshirilayotgan qator ilmiy amaliy loyihalarning taqdimotlari bo'lib o'tadi.

Tadbir 24 iyungacha davom etadi.