баннер
24 Apr 2025
23:39

    ekologik nosoz deb topilgan mashinalar haydovchilariga chora ko'riladi

    SHu yilning 10 aprelidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida navbatdagi «Toza havo» ekologik oyligi boshlandi.

    Bu haqda ekologiya vazirligi xabar berdi.

    Tadbir ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o'tkaziladi va 10 maygacha davom etadi.

    Tadbir «ekologik nazorat to'g'risida»gi qonunlar ijrosini ta'minlash, foydalanishda bo'lgan avtotransport vositalarining ekologik holatini nazorat qilish maqsadida ikki bosqichda bo'lib o'tadi. Birinchi bosqich 10 apreldan 10 maygacha, ikkinchi bosqich esa 10 avgustdan 10 sentyabrgacha tashkil etiladi (Toshkent shahrida 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha).

    «Toza havo» oyligi davomida muntazam YPX maskanlarida, majburiy texnik ko'rikdan o'tkazishda hamda ko'chalarda harakatlanayotgan avtotransport vositalari tekshiriladi.

    Ta'kidlanishicha, ekologik nosoz deb topilgan avtotransport vositalari haydovchilariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 87- va 125-moddalariga ko'ra chora ko'riladi. SHuningdek, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunning 13-moddasiga asosan, avtotransport vositalaridan nosozligi bartaraf etilgunga qadar foydalanish taqiqlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech