Ratgers va Garvard universiteti olimlari tarkibi oʻsimlikka asoslangan, plastikdan xavfsizroq va ekologik toza plyonka ishlab chiqdi. Bu oziq-ovqatni bakteriyalardan va jismoniy shikastlanishdan himoya qilish uchun oziq-ovqatga sepiladigan maxsus birikma.
Bunday plyonka biopolimer va polisaxarid (oziq-ovqat tarkibida eng keng tarqalgan uglevod) asosidagi tolalardan iborat. Yaratilgan mahsulot meva va sabzavotlarni ezilishlardan himoya qilish uchun yetarlicha kuchli, mikroblarga qarshi moddalar (limon kislotasi, nizin va jambil yogʻi) tufayli bakteriya va viruslarga qarshi kurashish imkonini beradi.
Sinovlar davomida bunday plyonka avokadolarning saqlash muddatini 50 foizga uzaytira oldi. Shu bilan birga, u uch kun ichida butunlay parchalanadi va oddiy suv bilan yuviladi. Bundan tashqari, mahsulotni isteʼmolga yaroqsiz oziq-ovqatlarni qayta ishlash orqali olish ham mumkin. Natijada ishlab chiqarish chiqindilari miqdori yanada kamayadi, deb yozmoqda Zamin. uz