Bu Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
"Avtomobilsiz kun"ni o‘tkazishdan asosiy maqsad avtomobillardan chiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosferaning zaharlanishini kamaytirishga hissa qo‘shish, qolaversa, piyoda yurish va velosipedda sayr qilishni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘lib, o‘z navbatida, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishga xizmat qiladi.
"Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi barchani "Avtomobilsiz kun"ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi", deyiladi xabarda.