Uning so'zlariga ko'ra, sayyorada 9 magnitudali silkinishlar o'rtacha besh-yetti yilda bir marta, 8 balli esa yiliga ikki-uch marta sodir bo'ladi. Ammo so'nggi to'rt yil davomida Yerning seysmik faolligi odatdagidan biroz pastroq bo'ldi.
“Hamma narsa o'rtacha ko'rsatkichga qarab boryapti, yaqin besh yil ichida u o'rtacha ko'rsatkichdan biroz yuqori bo'ladi, deyishga asos bor, mos ravishda, zilzilalar soni ham ortadi”, dedi ekspert.
Olimlar silkinish qayerda kuchli bo'lishini ayta olmaydi. Biroq, dunyoda seysmik xavfli zonalar ma'lum va ular doimo bunga tayyor turishlari kerak. Rossiyada bularga Kamchatka, Kuril orollari, Saxalin, Baykal, Oltoy-Sayan o'lkasi va Kavkaz kiradi, deb xabar beradi “Российская газета”.