Bu haqda Indoneziya ommaviy axborot vositalari Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligiga tayanib xabar berdi.
“Shuni ta’kidlash kerakki, zilzila oqibatida halok bo‘lgan 100 kishi jiddiy jarohatlar olgan va tibbiy muassasalarda davolangandi. Biroq, ularni qutqarib bo‘lmadi”, deb ta’kidladi agentlik.
Zilzila oqibatida 1603 kishi jarohat oldi va 180 327 kishi qochqinlar lagerlarida joylashishga majbur bo‘ldi.
15 iyun kuni sodir bo‘lgan zilziladan beri 6409 ta aftershok qayd etilgan. Ulardan eng kuchlisi 6,2 magnitudali edi, deb xabar berdi report.az.