“Haddan ziyod osh tuzi iste'mol qilish organizmda suvning ushlanib qolishiga, peshobning normal holatda chiqishiga salbiy ta'sir ko'rsatib, tuz yig'ilishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, ovqatda natriy qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'p kaltsiy chiqariladi. 6 gramm tuz 24-40 milligramm kaltsiyni chiqarib tashlaydi. Har kuni atigi 1 gramm ko'p tuz iste'mol qilish tana suyak vaznining qo'shimcha 1 foizining yo'qotilishiga olib keladi. Hamma narsada me'yor borligini unutmaslik kerak”, deya qayd etdi mutaxassis.
Ekspertning aytishicha, buyrakda tosh hosil bo'lishiga spirtli va gazlangan ichimliklar iste'mol qilish ham sabab bo'ladi. Chunki ular tarkibida peshob yo'llarini o'zgartirib yuboradigan fosfor kislotasi mavjud, deb yozadi m24.ru.