Eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun mablag' ajratiladi

    Imtiyoz qandolatchilik korxonalari uchun amal qiladi.

    “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

    Hujjatga ko'ra, qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

    — eksport hajmi 500 ming AQSh dollarigacha bo'lganda — 1 million AQSh dollarigacha;

    — eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha bo'lganda — 2 million AQSh dollarigacha;

    — eksport hajmi 4 million AQSh dollaridan ortiq bo'lganda — 3 million AQSh dollarigacha.